Sarvar Karimov: Jahon chempionatida oddiy raqiblar bo'lmaydi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2013
Kecha Abu Dabidagi "Bab Al Bahr Hotel" mehmonxonasida o'tkazilgan qur'a tashlash marosimidan so'ng, U-17 o'smirlar terma jamoamizning yana bir darvozaboni, Sarvar Karimov ham championat.asia saytiga qur'a haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
- Sarvar, qur'a tashlash marosimidan keyin, guruhimizdagi raqiblar haqida qanday fikrdasiz?
- Qur'adan ko'nglim to'ldi va bizga bu borada omad kulib boqdi desa ham bo'ladi. To'g'ri, Xorvatiya, Marokash va Panama o'smirlar terma jamoalarini ham kuchsiz deb bo'lmaydi. O'ziga yarasha taktika va o'yin uslubiga ega jamoalardir. Umuman olganda, jahon chempionatida oddiy raqiblar bo'lmaydi. Qolaversa bunday yoshdagi terma jamoalarning birortasini kuchli yoki aksincha deyish ham noo'rin.

- Shaxsan siz uchun O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi o'rin olgan S guruxida, ko'proq qaysi jamoa xavfli ko'rinmoqda?

- Ochig'i, raqiblarimiz haqida bugungi kunda to'la ma'lumotga ega emasmiz. Menimcha har bir raqibni hurmat qilish kerak.

- Guruhdan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatimizni qanday baholaysiz?
 
- Guruhdan chiqish uchun astoydil kurashamiz. Buning uchun ayni paytda puxta tayyorgarlik ko'ryapmiz. Har bir raqib bilan o'ynasa bo'ladi. Shuning uchun maqsadimiz jahon chempioni bo'lish!

- JCHda qaysi terma jamoalar bilan ro'baro' kelishni xohlardingiz?

- Guruhda kuchli va nomdor bo'lgan raqiblar bilan to'qnash kelishni istagandim. Braziliya, Argentina... shu kabi kuchli terma jamoalarga qarshi o'ynashni niyat qilgandim. Umid qilamanki, ularning barchasi bilan jahon chempionatida o'ynashga ulguramiz.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia