Sarri "Yuventus" bosh murabbiyi sifatidagi ilk matbuot anjumanida: "Eng muhimi - yalang'och bo'lmasligim"

Tolibjon Qosimov
20 iyun 2019, 16:57
Biroz avval Mauricio Sarrining "Yuventus" bosh murabbiyi sifatidagi dastlabki matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda jurnalistlardan biri mutaxassisga o'yin paytida kostyum kiyasizmi mazmunida savol bilan murojaat qildi. Sarri esa quyidagicha javob qaytardi:

 - Klub bilan gaplashaman, buni hali muhokama qilmadik. Shaxsan o'zim o'yin kuni galstuk va kostyum kiyishni mo'ljallamayapman. Eng muhimi - yalong'och bo'lmasligim.

Eslatib o'tamiz, "Keksa sinoralar"ning sobiq ustozi Massimiliano Allegri o'yinlar kuni doim galstuk va kostyum kiyardi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: facebook.com/Juventus