Sarri "Lacio"da 4 mln evro maosh olishni istamoqda

Mirjalol Normatov
1 iyun 2021, 00:15
Jurnalist Nikolo Skiraning bergan ma'lumotiga ko'ra, murabbiy Mauricio Sarri hamda "Lacio" o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

62 yoshli italiyalik Rim klubidan yiliga 4 mln evro maosh so'ramoqda. Ammo klub bunday katta summa to'lay olmasligini ma'lum qilgan. Ular murabbiyga yiliga 2,5 mln evro maosh taklif qilmoqda. Shuningdek, yana 500 ming evro jamoaning YCHLga chiqishi uchun bonus sifatida ma'lum qilingan.

Sarri 2020 yilning avgust oyida "Yuventus"dan ketganidan buyon ishga qaytmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport