Sardor Rashidovning keyingi jamoasi ma'lum

Sherzod Nurmatov
6 fev 2024
O'zbekistonlik vinger Sardor Rashidov "Dubay Siti" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

U bu haqda o'zining Instagram sahifasida ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, "Dubay Siti" ayni paytda BAA Birinchi divizionida 16-o'rinni band etib turibdi. 



4 karra O'zbekiston chempioni faoliyati mobaynida "So'g'diyona", "Bunyodkor", "Al Jaish", "Al Jazira", "Lokomotiv", "Nasonal", "Qatar SK", "Al Kuvayt", "Umm Salal" va "Paxtakor" jamoalari sharafini himoya qilgan. 

Avvalroq u yangi jamoasi tarkibida mashg'ulotlar olib borayotgani ma'lum bo'lgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/sardorrashiidov