Sardor Rashidov: "Yaxshi holatga kirib boryapmiz"

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2014, 15:56
“Bunyodkor” – “Spartak” (Moskva) uchrashuvida Sardor Rashidov o'zining faolligi bilan ajralib turdi. Uchrashuvdan so'ng uning fikrlari bilan qiziqdik.
- “Spartak” bilan o'yin oldidan murabbiylarimiz tomonidan berilgan ko'rsatmalar asosan bir-birlarimizni yaxshiroq tushunib o'ynashga qaratilgan edi. Shuningdek, garchi nazorat uchrashuvi bo'lsa-da bizda “Spartak” ustidan g'alaba qozonib, Toshkentga yaxshi kayfiyatda qaytish rejasi ham bor edi. Afsuski, bir to'p farqi bilan imkoniyatni boy berdik. Eng muhimi – natija emas, balki tayyorgarlik jarayonining to'g'ri olib borilayotganidir. Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan tayyorgarligimizga yuqori baho bergan bo'lardim. Kun sayin yaxshi holatga kirib boryapmiz. O'ylaymanki, mavsum startigacha yuz foiz tayyor bo'lamiz, - deydi Sardor Rashidov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com