

Birozdan so'ng esa Toshkent yig'inidagi dastlabki mashg'ulot boshlanadi. Tarkibdagi o'zgarishlar hususida gap ketganida, jamoa safiga bugun yarim himoyachi Sardor Azimovning qo'shilishini aytib o'tish joiz. Mavsum birinchi yarmini Toshkentning “Bunyodkor” klubida o'tkazgan futbolchi bir yillik tanaffusdan so'ng yana “Navbahor”ga qaytdi. Muxlislarga yaxshi ma'lumki, 2016 yilgi chempionat birinchi davrasini "Navbahor"da o'tkazgan yarim himoyachi o'zining chiroyli o'yinlari bilan ko'pchilikning e'tiborini tortgan edi. Aynan shundan so'ng “Bunyodkor” klubi rahbarlari Azimovni ortga qaytarishga qaror qilishgandi. Futbolchi ikkinchi davrani yana “Navbahor”da o'tkazadigan bo'ldi.



