Sanjar Tursunov to'liq o'ynadi, "Gazovik" yutqazib qo'ydi

Narzulla Saydullayev
23 avg 2013, 21:40
Rossiya birinchi divizionida 10-tur o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p tepayotgan "Gazovik" klubi safarda "SKA-Energiya" klubi mehmoni bo'ldi. Uchrashuvda maydon egalari 2:0 hisobida zafar quchishdi. Tursunov o'yinda to'liq harakat qildi. 

"Gazovik" ayni paytda 14 ochko bilan musobaqa jadvalining 7-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi turni 28 avgust kuni o'z uyida Nalchikning "Spartak" klubiga qarshi o'tkazadi.


"SKA-Energiya" - "Gazovik" 2:0
Gollar
: Natan Junior 33, Gogita Gogua 45.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia