Sanjar Tursunov gol urdi, "Gazovik"da yirik g'alaba

Narzulla Saydullayev
28 avg 2013, 23:38
Rossiya birinchi divizionida 11-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
 Hamyurtimiz Sanjar Tursunov to'p tepayotgan "Gazovik" klubi o'z uyida Nalchikning "Spartak" klubini qabul qilib yirik g'alabaga erishdi - 4:0. Quvonarlisi o'yindagi hisobni aynan Tursunov ochishga erishdi. 9-turda ham Sanjar gol urishga erishgandi. 

Ayni paytda "Gazovik" 17 ochko bilan musobaqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda.

Tursunovning o'zi O'zbekiston terma jamoasining yig'iniga chaqiruv olgan.

Gazovik – Spartak Nalchik 4:0 (0:0, 4:0)
28 avgust, 18.00, Gazovik
Gollar:
1:0 – 48 Sanjar Tursunov, 2:0 – 62 Satalkin, 3:0 – 69 Breev, 4:0 – 75 Parnyakov.
Gazovik – Moskvin, Oyevole, Vasiev (Ganiev, 76), Axmedov, Druzin, Poluyaxtov, Breev (Voronkin, 80), Parnyakov, SANJAR TURSUNOV (Shlyapkin, 72), Xazov (Satalkin, 15), Malyx.
Spartak Nalchik – Stepanov, Timoshin, Ovsienko, Zaseev, Garbuz, Koronov (Ruxaia, 62), Chebotaru, Rua, Medvedev (Siradze, 66), Buytrago (Averyanov, 66), Goshokov.
Ogohlantirishlar: Vasiev (35), Buytrago (64), Timoshin (80), Siradze (87). 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia