Sanshesh Ronalduning rekordini yangiladi

21 may 2016, 22:55
"Bavariya"ning yangi futbolchisi Renatu Sanshesh Portugaliya terma jamoasi safida Yevropa chempionatiga boradigan bo'ldi.


Renatu Portugaliya terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionatiga boradigan eng yosh futbolchiga aylandi. Sanshesh o'zining 18 yoshu, 10 oylik paytida terma jamoa ro'yxatidan o'rin oldi. Unga qadar bu rekord Krishtianu Ronalduga tegishli edi. Ronaldu Evro-2004ga 19 yoshlik paytida borgan va bu borada rekordchi sanalardi.

Eslatib o'tamiz, "Benfika"ning sobiq futbolchisi Renatu Sanshesh 35 million evro evaziga "Bavariya" klubiga o'tdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru