O'FF matbuot xizmati rahbari Sanjar Rizaev uchun bugun quvonchli kun.
Bugun Rizaevlar xonadonida o'g'il farzand dunyoga keldi. Biz hamkasbimizni yangi dunyoga kelgan chaqaloq bilan tabriklaymiz hamda kichik Rizaevga uzoq umr, sihat-salomatlik va kelajakda komil inson bo'lib yetishini tilaymiz.