Sane va Gyundogan irqchilik qurboniga aylandi

Aslanov Jasurbek
23 mar 2019, 00:19
Evro-2020ning saralash bahslari doirasidagi Germaniya va Serbiya (1:1) o'rtasida bo'lib o'tgan bahsda, mezbon jamoa muxlislarining uch nafari Leroy Sane hamda Ilkay Gyundoganga qarata irqchilik kayfiyatidagi so'zlarni ishlatgan.

Mamlakat policiyasi bu holatni tezda o'rganib, stadiondagi video yozuvlar orqali tartibbuzarlarning shaxsini aniqlagan. Qidiruv e'lon qilinganidan so'ng esa uch nafar gumonlanuvchi o'z xohishi bilan policiya mahkamasiga kelgan. 

Hozircha ularga qanday jazo qo'llanilishi noma'lum. Aytish joizki, mazkur holat Germaniya futbolidagi birinchisi emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Deutsche Welle