

"Uli Xeness mening Myunxenga kelishimni juda ham istayotganini his qilish juda ajoyib bo'ldi. "Bavariya" futbolchilari bu yerda barcha bir oila ekanligini tushuntirgandi. Bir necha haftadan buyon shu yerdaman va buni tasdiqlay olaman.
10-raqam? Bosimga qarshi kurasha olaman. Osonlikcha taslim bo'ladiganlardan emasman. 10 - juda katta tarixga ega bo'lgan, ko'plab mashhurlar o'ynagan raqam. "Bavariya" bilan maqsadlarim yuqori. Jamoa bilan katta maqsadlarga erishmoqchiman", - dedi Sane.



