Sandro Rosel: “Maoshni oshirish? Messi bu haqda hech narsa demagan”

19 sen 2013, 12:05
“Barselona” klubi klub prezidenti Sandro Rosel, Lionel Messining maoshini yiliga 20 million evrogacha oshirish haqidagi ma'lumotni rad etdi.

“U bizga maoshi haqida hech gap aytmadi. Messi barcha narsadan qoniqayapti, chunki u dunyoning eng zo'r klubida to'p suradi”, - deydi Rosel.

Avval xabar berilganidek Messi ayni paytda yiliga 10.5 million evro maosh va bunga qo'shimcha ravishda bonuslar va turli xil musobaqalardan 3 million evro oladi.


Manba: sports.ru