“Sanderlend” hujumchisi Fletcher safga qaytdi

16 okt 2013, 11:05
“Sanderlend” klubi hujumchisi Stiven Fletcher, belgilangan muddatdan avvalroq jarohatdan tuzalib, jamoa safiga qaytdi va klubning shanba kuni bo'lib o'tadigan o'yinida maydonga tushadi. Klub bosh murabbiyi Gustavo Poyet futbolchining safga qaytganini xursandchilik bilan qarshi oldi.

“Har bir o'yinchi jamoa uchun muhim hisoblansada, biroq shunday poziciyalar borki ular jamoaning boshqaruv organi sanaladi – darvozabon, markaziy chiziqni boshqarib turuvchi yarim himoyachilar va gollar uradigan hujumchilar.

Fletcher mana shunday o'yinchilardan biri sanaladi va biz uni jamoa safiga qaytganidan xursandmiz”, - deydi Poyet.


Manba: soccer.ru