“Sanderlend” futbolchisi o'z klubini haqorat qilgani uchun jazolanadi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2017, 01:02
Angliyaning “Sanderlend” klubi yarim himoyachisi Darron Gibson “Seltik”dan qabul qilingan yirik hisob (0:5)dagi mag'lubiyatdan so'ng o'z ehtiroslarini jilovlay olmadi.

U o'z jamoasini kurakda turmaydigan so'zlar bilan haqoratlagan. O'sha paytda Gibsonning mast holatda bo'lgani aytilyapti. Uning xatti-harakatlari video tasvirga muhrlangan. Keyinchalik futbolchi buning uchun kechirim so'ragan.

“Darron Gibsonning harakatlarini hech qanaqasiga oqlab bo'lmaydi. Bu klub nufuziga salbiy jihatdan ta’sir o'tkazadi. Shu sababli ham Darronning bu ishini jazosiz qoldirmaymiz”, – deyiladi klubning rasmiy bayonotida. 



O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif