Sanches MYU safida qachon debyut qiladi?

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2018
Bir necha kun oldin "Manchester Yunayted" Chili terma jamoasi hujumchisi Aleksis Sanchesni o'z safiga qo'shib oldi.

Forvard Angliya Premer-ligasining eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylandi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, uning haftalik maoshi 505 ming funt.

"Qizil iblislar" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning so'zlariga ko'ra, Sanches juma kuni (26 yanvar) "Yovil Taun"ga qarshi Angliya Kubogi bahsida mankunianlar safida debyut qilishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Aleksis Sanches "Manchester Yunayted"da 7-raqam ostida o'ynaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia