Samvel Babayan: "Noqulay ob-havo sharoitiga qaramay stadionga kelib qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytaman"

Iskandarov Abdulaziz
18 okt 2022, 21:09
"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan Coca Cola Superligasining 22-turidan o'rin olgan "Neftchi"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlarini bildirdi.


"Birinchi o'rinda muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman. Noqulay ob-havo sharoitiga qaramay stadionga kelib qo'llab-quvvatlashdi. Ular bu g'alabaga loyiq edi. Vodiy derbisini 1995 yil "Navbahor"da birinchi marotaba ish boshlaganimdayoq qanday o'tishini bilganman. Qanday tayyorgarlik ko'rishdan xabardorman. Turnir jadvalidagi holatimiz, havo barchasini hisobga olishimiz kerak edi. "Neftchi" yaxshi shakllangan jamoa. Ular o'yinni yomon olib borishmadi. Gol urishdi. Lekin keyingi daqiqalarda biz ustunlik qildik. Umuman olganda yigitlar ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Oldinga qarab intilishda davom etamiz. Qolgan 4ta uchrashuvda ham borimizni beramiz",- deydi Samvel Babayan.


Coca Cola Superligasi. Vodiy derbisida "Navbahor" mehmonda "Neftchi"dan ustun keldi

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia