Samvel Babayan: "Lobanov O'zbekistondagi eng kuchli darvozabon"

4 apr 2015, 22:33
"Paxtakor" menejeri Samvel Babayan "Buxoro" bilan bo'lib o'tgan o'yindan so'ng jamoa darvozaboni Aleksandr Lobanov xususidagi tanqidiy savolga javob qaytardi.

"Har bir darvozabon bilan omadsizliklar uchrab turadi. Masalan Stoxning uzoqdan yo'llagan zarbasi ham gol bo'lgandi. Yoki bugun "Buxoro" futbolchisi ham deyarli o'sha nuqtadan to'p kiritdi. To'p esa yo'l-yo'lakay chuqurchaga tegib kirganini aytib o'tmoqchidim. Lobanov o'sha maydondagi chuqurchani kurak bilan to'g'irlab qo'ydi. Futbolda bazan shunaqangi gollar ham kirib turadi. Men hozirgi kunda Lobanovni O'zbekistondagi eng kuchli darvozabon deb bilaman. Biz unga to'liq ishonamiz", - deydi Samvel Babayan.


Manba: championat.asia