Samvel Babayan: "Leonid Senkevich selekciya bo'limi rahbari sifatida ishlaydi"

Narzulla Saydullayev
5 avg 2014, 12:52
Bugun "Paxtakor" menejeri Samvel Babayan jamoa va akademiya murabbiylari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi.
Murabbiylar yig'ilishida asosiy jamoaga futbolchilar tayyorlab berishdagi kamchiliklar haqida fikr yuritildi. Samvel Babayan har bir yosh toifasida asosiy jamoada o'ynab keta oladigan futbolchilar tarbiyalab berish zarurligi haqida ta'kidladi. Har bir murabbiydan o'z guruhidagi iqtidorli o'yinchilar to'g'risida ma'lumot olindi. Akademiyaga yoshlarni saralashda yanada e'tiborli bo'lish kerakligi aytildi.

Klubimiz menejeri birinchi ligadagi futbolchilarni kuzatib borish va ulardan eng iqtidorlilarini aniqlash uchun selekciya bo'limi rahbari sifatida Leonid Senkevichni tayinladi. Avval "Lokomotiv" BFKda bosh murabbiy bo'lib ishlagan Senkevich futbolchilik faoliyatida "Chilonzor", "Semurg'", "Zarafshon", "So'g'diyona", "Metallurg" va "NBU-Osiyo" jamoalarida o'ynagan. Biz Senkevichga "Paxtakor"dagi faoliyatida omad tilaymiz.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz