"Sampdoriya" "Milan" o'yinchisini xarid qildi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2022, 20:59
"Milan" o'ng qanot himoyachisi Andrea Konti "Sampdoriya"ga o'tdi.

Genuya klubi 27 yoshli futbolchini sotib oldi. Kelishuv shartlari oshkor qilinmayapti.

Italiyalik fulbekning transfer narxi 2,5 million evroga baholangan.

Konti "Milan" sharafini 2017 yilning iyulidan buyon himoya qilib kelayotgandi. U 52 o'yinda 5 ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sampdoria.it