Sampaoli: "Sevilya" ikkinchi bo'limda bu mavsumdagi o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi"

Aslanov Jasurbek
28 sen 2016, 10:23
"Sevilya" bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli "Lion"ga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi guruh bosqichi ikkinchi uchrashuvidan (1:0) mamnun bo'ldi.

"Jamoamizning birinchi va ikkinchi bo'limdagi o'yinlarida katta farq bo'ldi. Bahsning birinchi yarmida raqibga munosib javob qaytara olmadik. Ammo ikkinchi bo'limda "Sevilya" joriy mavsumdagi o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatdi. Afsuski, raqib darvozasi oldidagi barcha imkoniyatlardan foydalana olmadik. Ikki bo'limdagi turli o'yinlarni tahlil qilishimiz kerak" - deydi Sampaoli.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca