Sami Xyuyupya: “Van Deyk – dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachisi”

20 yanv 2020, 22:58
“Liverpul”ning sobiq futbolchisi Sami Xyuyupya “qizillar” himoyachisi Virjil van Deyk haqida ijobiy fikrlar bildirib o'tdi.

“Menimcha, Virjil ayni paytda dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachisi. Uning bo'sh “nuqta”si yo'q. 

U “Liverpul”ga kelguniga qadar jamoaga yetakchilik yetishmayotgandi. Milner va Xendersondan ko'p narsa talab qilinayotgandi. 

Van Deyk kelgach, yuqoridagi ikki futbolchidan bosim biroz yo'qoldi va yana bir yetakchi jamoaga qo'shildi. U barchaga ishonch baxsh etadi, Virjil bilan barcha futbolchilar yanada yaxshiroq o'yin namoyish eta olishadi”, deydi Xyupya.

O'xshash yangiliklar


Manba: bein Sports