
“Ko'nglimda ikkita jamoani boshqarishga xohish bor. Men Finlyandiya tug'ilganligim bois, ushbu davlat terma jamoasini boshqarishni istardim. Bu mening asosiy maqsadim deb aytolmayman, biroq men “Liverpul”da ham murabbiy bo'lishni xohlardim. “Liverpul”da o'tkazgan 10 yilim ajoyib bo'lgan edi, shu sababli yana ushbu klubga qaytgan bo'lardim”, - deydi Xyuyupya.