Sami Xedira: Real bilan shartnomani uzaytirmayman

Narzulla Saydullayev
26 mar 2015, 08:44
Real yarim himoyachisi Sami Xedira mavsum tugagach klubdan ketishini ma'lum qildi.
Real bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildim. Yanada rivojlanish uchun menga yangi chaqiruv kerak.

Hech bir klub bilan kelishuvga erishganim yo'q. Matbuotdagi barcha xabarlar yolg'on.

Realda ajoyib damlarni boshdan kechirdim, bu buyuk klub. Qolgan haftalarda jamoaga yordam berishga davom etaman, – deydi Xedira.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru