Saloh uchun A Seriyadan top-da'vogar paydo bo'ldi

Sherzod Nurmatov
3 may 2022, 21:50
"Liverpul"ning misrlik hujumchisi Italiya chempionatiga o'tishi mumkin.

Xabarga ko'ra, "Yuventus" yozgi transfer oynasida "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohni sotib olishga harakat qiladi.

"Byankoneri" Massimiliano Allegri qo'l ostidagi yomon mavsumdan so'ng hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi. Bu nuqta uchun nomzodlardan biri – Muhammad Saloh.

Xabaringiz bor, Saloh hali "Liverpul" bilan 2023 yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirishga rozi bo'lmagan. Shu tariqa, "Liverpul" keyingi transfer oynasida hujumchi bir yildan keyin tekinga kyetib qolmasligi uchun uni sotishga urinadi.

Muhammad joriy mavsumda APLda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 13 ta golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia