Saloh 4-6 haftaga safdan chiqdi

Narzulla Saydullayev
9 noya 2015, 17:01
Roma yarim himoyachisi Muhammad Saloh Lacioga qarshi o'yinda (2:0) jarohat oldi.

Futbolchining oyog'i singani yo'q. Tibbiy ko'rikdan so'ng uning to'pig'i shikastlangani ma'lum bo'ldi. Misrlik futbolchi ushbu jarohat tufayli 4-6 hafta maydonga tusha olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: asroma.it