Sako yana muammolar girdobida

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2016
Liverpul himoyachisi Mamadu Sako jarohat oldi.

Fransiya terma jamoasi a'zosida jarohati qaytalandi. Uning safga qaytishi uchun taxminan bir oy kerak bo'ladi. Shunday qilib, Sako APLning dastlabki turlarini o'tkazib yuboradi.

Sako o'tgan mavsum oxirida doping testdan muvaffaqiyatsiz o'tgani uchun ma'lum muddatga diskvalifikaciya qilingan edi. Biroq kuni kecha UEFA futbolchida hech qanday doping yo'qligini e'lon qildi va diskvalifikaciyani bekor qildi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: liverpoolecho.co.uk