Saka Ukrainaga qarshi o'yinda Angliyaga yordam bera olmaydi

Sherzod Nurmatov
3 iyul 2021, 20:41
Uni "Manchester Yunayted" yangi a'zosi almashtirishi mumkin.

Angliya terma jamoasi qanot yarim himoyachisi Bukayo Saka Ukraina bilan o'yinda Angliya termasiga yordam bera olmaydi. 19 yoshli "Arsenal" futbolchisi mashg'ulotlar chog'ida jarohat oldi. 

Alohida aytish lozim, Garet Sautgeyt ushbu musobaqada "Manchester Yunayted" yangi o'yinchisi Jeydon Sanchoga deyarli imkoniyat bermadi. Shuningdek, murabbiy Markus Reshford, Jek Grilish va Fil Fodenni maydonga tushirishni o'ylab ko'rishi mumkin.

Saka Evro-2020'da ikki o'yin o'tkazdi (Chexiya va Germaniyaga qarshi). 

Eslatib o'tamiz, Ukraina – Angliya bellashuvi Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi va saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinadi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph