Ryudiger: "Qishda ikki jamoa menga taklif bilan chiqdi"

Mirjalol Normatov
17 mar 2021, 00:24
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger qishda jamoasini tark etishi mumkin bo'lgandi.

"Lempard qo'l ostida o'yinlarda maydonga tushmasam kerak deb o'ylagandim. Holat bunchalik darajada bo'lib ketishini kutmagandim. Biroq barchasiga boshni tik ko'targan holatda qaradim. Ha, oldimda ikki taklif bor edi va ular borasida o'ylay boshladim.

To'g'risini aytaman, PSJ va Mourinyo meni jamoasiga taklif qildi. Tuxel qo'l ostida ham shunday bo'lib qolib ketaman deb o'ylayotgandim. Ikki o'yinda qatnashib, asosiy tarkibdagi o'rnimni qaytarib oldim. Lempardning so'nggi o'yinlarida men maydonda edim.

Ayni damda barchasi joyida. Klubda men istagan barcha narsa bor. Rahbariyatdagilar men bilan yaxshi munosabatda. Hech kim menga ketishim kerakligini aytmadi", - dedi Ryudiger.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal