Ruslan Ahmedov: "Turon" bilan o'yinda biz g'alabaga haqliroq edik"

Narzulla Saydullayev
21 may 2022, 12:43
Pro liganing 9-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Turon" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov fikrlarini bildirib o'tdi.




O'yin haqida

- Futbol shunaqa, to'p yon chiziqdan o'yinga kiritilayotgan vaqtda tasodifan darvozaga kirib ketishi mumkin. Yigitlarga o'yin borasida hech qanday etirozim yo'q. Ular berilgan ko'rsatmalarni 80 foiz to'g'ri bajarishdi. "Turon" jamoasini 1 ochko bilan tabriklayman.

Biz bu o'yinda g'alabaga haqli edik deb o'ylayman, chunki to'p darvoza to'siniga tegib golga aylanmagan vaziyatlarimiz ham bo'ldi.

- Muhammadqodir Rahimberganovning hozirgi holati qanday?


- Muhammadqodirni o'yin strategiyasi bo'yicha maydonga tushirdik. Hozirda uning jismoniy imkoniyatlari yaxshi xolatda emas. Shunday bo'lsa ham u o'zining qobiliyati bilan o'yinni o'ziga oladigan darajadagi futbolchi. So'ngi vaqtlarda ko'p jarohat olayayapti. Rahimberganovdan kelajakda umidimiz katta.

- Tarkibda jarohatlangan futbolchilar bormi?

- Ha, bizda jarohatlangan futbolchilar bor. Masalan, istedodli futbolchimiz Diyor Ramazonov jarohat olgan. Nasib bo'lsa ular ham tez orada jarohatlaridan qutulib safimizga qaytishadi.

- Yoshlar terma jamoasiga safiga chaqiruv olgan yosh futbolchi Xabibullo Matyoqubovning maydonga tushirilmayotganiga sabab nima?


- Yoshlarga ham albatta imkoniyat beramiz. O'yinning borishidan kelib chiqib bir oz muddat tushirib tajriba to'plashlariga sharoit yaratishni rejalashtirganmiz. Pro-liganing darajasiga mos deb hisoblasak, albatta ularni ham maydonga tushiramiz. Xabibullo Matyoqubov, yosh umidli futbolchi. Uning kelajakda mahoratli futbolchi sifatida yetishishiga ishonaman.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia