Runi: “O'ylashimcha, PSJ triosi “Bavariya”ning yuqori himoyada o'ynashidan foydalanib qoladi”

Eldor Akmurzayev
23 avg 2020, 20:05
MYUning sobiq forvardi Ueyn Runi bugun tunda o'tadigan PSJ va “Bavariya” o'rtasidagi YCHLning hal qiluvchi bahsi haqida o'z fikrlarini bo'lishdi.

“Bu hujum uyushtirishni juda yaxshi o'zlashtirgan jamoalar o'rtasidagi ochiq o'yin bo'ladi. “Bavariya” va PSJ bir-biriga muammolar tug'diradi. Haqiqiy to'qnashuv bo'ladi. O'ylashimcha, parijliklar Neymar, Kilian Mbappe va Anxel Di Mariya bilan “Bavariya”ning yuqori himoyada o'ynashidan foydalanib qoladi. Ular yarim finalda “Lion” uddalay olmagan imkoniyatlarga ega bo'lishadi.

“Bavariya”ning ustunligi shundaki, ularning asosiy tarkibidagi bir qator futbolchilar Chempionlar Ligasi finalida o'ynashga ulgurgan, ular bosimga qarshi qanday turishni bilishadi. Biroq, PSJ g'olib bo'lishini his etyapman”, deydi Runi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Daily Mail