Runi Angliya terma jamoasining ikki uchrashuvini o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
8 okt 2015, 11:50
"Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi Angliya terma jamoasining ikki uchrashuvida maydonga tushmaydi.

Hujumchi Angliya chempionati uchrashuvida olgan kichik jarohati tufayli milliy jamoa mashg'ulotini o'tkazib yubordi. Ma'lum bo'lishicha, Runining jarohati jiddiy emas, ammo inglizlar bosh murabbiyi Roy Xojsonning fikricha, jamoa yetakchisi bilan tavakkal qilib bo'lmaydi.

Angliya terma jamoasi 9 oktyabr kuni Londonda Estoniya bilan, 12 oktyabrda esa mehmonda Litva bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian