Rummenigge: "Gnabri - "Verder" futbolchisi, ularga muammo tug'dirishni istamayman"

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2017, 14:47
"Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge "Verder" yarim himoyachisi Zerge Gnabrini xarid qilish muhokama qilinmayapti.

"Gnabri - "Verder" futbolchisi va ularga muammo tug'dirmoqchi emasman. Biz doimo Germaniya terma jamoasi futbolchilarini kuzatamiz. Ammo hozir kelajakda nima qilishimizni ayta olmayman" - deydi Rummenigge.

Gnabri yozda 5 mln. evro evaziga "Arsenal"dan "Verder"ga o'tgan edi. Joriy mavsumda u Bundesliganing 15 ta uchrashuvida 7 ta gol urdi va bitta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild