Rud van Nistelroy APL jamoasini boshqarishi mumkin

Khoja
25 noya 2024
Manchester Yunaytedning sobiq ustozi Rud van Nistelroy faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.

Niderlandiyalik mutaxassis Lester jamoasi bilan muzokaralar olib bormoqda va yaqin kunlar ichida tomonlar kelishuvga erishishlari kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Lester kecha Stiv Kuperni ishdan olganini e'lon qilgandi. Ayni vaqtda tulkilar APL turnir jadvalida 10 ochko bilan 16-pog'onada kyetishmoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com