Rud van Nistelroy shu haftaning o'zida APL klubida ish boshlaydi!

Administrator
28 noya 2024
MYUni qisqa muddat ichida muvaffaqiyatli boshqargan murabbiy o'ziga ish topdi.

Rud van Nistelroy tez orada "Lester" klubi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda Telegraph nashri xabar berdi. Tomonlar barcha shartlarni kelishib olishgan.

Nistelroy shu hafta "Lester" rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazgan. Murabbiy shanba kuni o'tkaziladigan "Brentford"ga qarshi o'yinga qadar tanishtirilishi mumkin. 

Ma'lumot uchun, Rud van Nistelroy "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag shtabi tarkibida ishlagandi. Ten Xag iste'foga chiqarilgach, Rud bir necha uchrashuvlarda MYUni boshqardi va yaxshi natija ko'rsatdi. Manchester klubiga Ruben Amorim kelganidan so'ng Rud van Nistelroy jamoani tark etdi.


AdministratorMuallif
Manba: The Telegraph