Rud van Nistelroy Gollandiya terma jamoasida Xiddinkka yordam beradi
Aziz Tukhtamuradov
28 mar 2014, 15:18
Niderlandiya futbol ittifoqi jahon chempionatidan so'ng terma jamoani boshqaradigan murabbiylar shtabini e'lon qildi.
Gollandiyaliklar terma jamoasini Gus Xiddink boshqarishi rasman e'lon qilindi.
Uning yordamchilari etib, yaqin o'tmishning mashhur hujumchisi Rud van Nistelroy va ayni paytda Lui van Galga yordam berayotgan Danni Blindlar tayinlandi.