"Rubin" yig'indagi ilk o'yinda yirik g'alabaga erishdi. Rahmonaliev 70 daqiqa harakat qildi va golli pas berdi

Alisher
4 iyul 2023, 23:11
Qozonning "Rubin" klubi yig'in doirasidagi ilk o'yinda Chelnining "KAMAZ" jamoasi bilan kuch sinashdi.

Klub bazasida yopiq o'tkazilgan o'yin mezbonlarning 5:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 70 daqiqa ichida golli pas ham berdi. Himoyachi Rustam Ashurmatov esa zaxirada qoldirildi.


"Rubin" – "KAMAZ" – 5:1 (1:1)

Gollar: 0:1 – Arustamyan (17), 1:1 – Shiryaev (34), 2:1 – Zotov (55), 3:1 – Lisakovich (57), 4:1 – Lomovickiy (82), 5:1 – Vuyachich (84).

"Rubin" (1-taym): Dyupin, Rojkov, Shiryaev, Teslenko, Fattaxov, Rahmonaliev, Kostyukov, Bezrukov, Bakaev, Kuznecov, Uridiya.

"Rubin" (2-taym): Yanovich, Fattaxov (Rojkov, 70), Martinovich, Gricaenko, Kabutov, Rahmonaliev (Vuyachich, 70), Apshacev, Zotov, Lomovickiy, Fameye, Lisakovich.


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia