Ruben Nevesh APLda jarima maydonchasidan tashqarida gol urishda sermahsullik namoyish etmoqda

20 avg 2019, 09:35
Portugaliyalik futbolchi kecha APL 2-turidan o'rin olgan MYUga qarshi bahsda gol urdi.

“Bo'rilar” yetakchisi Nevesh kecha David de Xeani jarima maydonchasidan tashqarida berilgan kuchli zarbasi bilan ojiz qoldirdi. Bu Ruben uchun “Vulverxempton” safidagi 13-goli bo'ldi. Futbolchi shundan 10 tasini jarima maydonchasidan tashqaridan berilgan zarbalari orqali urgan. Uning “bo'rilar” safidagi debyutidan (2017 yil) hisoblansa, Angliyada Harri Uilson (12) va Kristian Eriksen (11) undan ko'proq uzoq masofadan gollar urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Opta