

"Ural" o'z maydonida "Axmat"ga yutqazdi. O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Oston O'runov o'yinda qatnashmadi.
Ural – Axmat 1:2
Ekaterinburg-Arena
Gollar: 0:1 – 37 Xarin, 1:1 – 84 Bykovskiy, 1:2 – 90 Berisha.
Ural – Pomazun, Beveev (Kulakov, 46), Illoy-Ayet, Begich, Bikovskiy, Gazinskiy (Sisse, 46), Podberezkin (Kashtanov, 36), Mishkich, Gajimuradov (Yushin, 77), Randjelovich, Bikfalvi (Vlut, 4).
Axmat – Sheliya, Uciev, Shvec, Bistrov (Juravlev, 83), Bogosovac, Timofeev, Xarin (Kamilov, 65), Troshechkin, Oleynikov (Berisha, 80), Sadulaev (Karapuzov, 46), Ilin (Konate, 66).
Ogohlantirishlar: Karapuzov (50), Gajimuradov (53), Bistrov (61).

Shunday qilib, "Ural" hozirgacha 10 ta o'yin o'tkazib, 4 ochko yig'di va 15-o'rinni egallab turibdi. Ekaterinburg klubining keyingi o'yini 28 sentyabr kuni Rossiya Kubogi doirasida "Torpedo"ga qarshi kechadi.



