RPL to'purarlaridan birini "Arsenal" va "Borussiya D" klublari kuzatib borishmoqda

6 okt 2019, 21:45
"Krilya Sovetov" hujumchisi Aleksandr Sobolev Yevropaning grand jamoalari e'tiboriga tushishni boshladi.

Kecha bo'lib o'tgan RPL 12-turining "Sochi" - "Krilya Sovetov" uchrashuvini "Arsenal" skautlari kuzatib borishgani ma'lum bo'ldi. O'sha o'yinda ikkita gol urgan va penaltidan foydalana olmagan Sobolev "kanonirlar" kuzatuvida bo'lgani oydinlashdi. Bundan tashqari, 22 yoshli forvardning o'yinlarini Dortmundning "Borussiya" klubi ham kuzatmoqda.

Eslatib o'tamiz, 12 turdan so'ng Sobolev va Shomurodov 10 tadan gol kiritgan holda, RPL to'purarlari ro'yxatida peshqadamlik qilishmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Manba: sport-express.ru