RPL. Shomurodov hamda O'runovning transfer narxi ham tushdi

Eldor Akmurzayev
9 apr 2020
Transfermarkt portali Rossiya chempionati futbolchilarining yangi qiymatlarini e'lon qildi.

Ro'yxatda yetakchi siftida ko'rsatilgan “Zenit” futbolchisi Malkomning narxi 38 mln.dan 30,5 mln.ga tushdi. 2-o'rindagi SSKA a'zosi Mario Fernandesning transfer summasi esa 20 foizga arzonlashib, 30 mln.dan 24 mln.ga pasaydi.

Shuningdek, Premer-ligada harakat qilayotgan o'zbekistonlik futbolchilarning transferi ko'rsatkichida ham o'zgarish yuz berdi. Jumladan, “Rostov” forvardi Eldor Shomurodovning narxi 5,2 mln evro qilib ko'rsatilgan (avvalgisi 6 mln). 

“Ufa” safida harakat qilayotgan Oston O'runovning narxi esa 10 foizga kamaydi va uning yangi transfer qiymati 900 ming evro sifatida qayd etildi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Transfermarkt