RPL oyning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun so'rovnoma o'tkazmoqda. Shomurodovga ovoz bering!

Eldor Akmurzayev
30 iyul 2019, 20:35
Rossiya Premer-ligasi iyul oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazmoqda.

Ovoz berish jarayoni tashkilotning Vkontakte ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida bo'lib o'tmoqda. Nomzodlar beshligidan Rostov hujumchisi Eldor Shomurodov (3 o'yin, 2 gol va 1 pas) ham joy olgan. O'zbekiston MTJ forvardida 2098 nafar foydalanuvchi ovoz bergan va bu ko'rsatkich bilan u hozircha 8,63 foiz to'plagan holda to'rtinchi o'rinda bormoqda. 

Shuningdek, ro'yxatdan Eldorning jamoadoshi Aleksey Ionov (3 o'yin, 2 gol va 1 pas), Krilya Sovetov a'zosi Aleksandr Sobolev (3 o'yin, 3 gol va 1 pas), Zenit futbolchisi Artem Dzyuba (3 o'yin, 2tadan gol va pas), Rubin kiperi Yuriy Dyupin (3 o'yin, 2ta quruq o'yin, 1ta o'tkazib yuborilgan gol) joy olgan. 


Ovoz berishga o'tish uchun quyidagi linkni bosing

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia