Ro'ziqul Berdiev: "Ertaga maydonda natija uchun jang bo'ladi"

Administrator
22 okt 2023, 23:07
OCHL guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan "Sharja" - "Nasaf" uchrashuvidan oldin mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Hozirgi vaqtda keyingi bosqichga chiqish uchun ikki jamoaning ham ochkolari etarli emas. Shuning uchun ertaga maydonda natija uchun jang bo'ladi. O'ylaymanki, etarli darajada tayyorgarlik ko'rdik. Maydonda ijobiy natija uchun to'p tepamiz. 

Aziz Amonov:- O'yinga maksimal tayyorgarlik ko'rdik. Ertaga qo'limizdan kelgan bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Bizdan mehnat. Qolgani xudodan. 

-  "Sharja" va "Al Sadd" o'xshash jamoalarmi? 

- "Sharja"ning tarkibi boshqacharoq. Bu jamoaning yaxshi taraflari va tarkibida kuchli futbolchilari ko'p. Albatta, biz uchun oson bo'lmaydi. Raqibimiz jiddiy. Maydonda 90 daqiqa e'tiborni yo'qotmaslik kerak bo'ladi. "Sharja" guruhdagi eng yaxshi jamoalardan biri. 

Start yaxshi bo'ldi. Lekin finish ham yaxshi bo'lishi kerak. Shu bois ertaga faqat ijobiy natija uchun o'ynaymiz. Hali hech narsa hal bo'lmagan. Guruhda kurash oxirigacha davom etadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia