Ro'ziqul Berdiev: "Buxoroda bizga omad kulib boqdi"

Narzulla Saydullayev
5 may 2019, 11:59
“Buxoro” – “Nasaf” uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirib o'tdi:

- Bugun bizga omad kulib boqdi. Qolaversa, o'yin oxiridagi vaziyatda darvozabonimiz bizni muqarrar goldan qutqardi. Bugun ikkala taymning ham boshida ancha yaxshi harakat qildik. Bo'limlar boshida xavfli vaziyatlar yaratdik. Lekin oxiriga kelib charchoq alomatlari sezila boshladi. “Buxoro” jamoasi – juda kurashuvchan jamoa. Shu sababdan ham yigitlarga kurashda imkoniyatni raqibga boy bermasligimiz lozim ekanini uqtirgan edim. Menimcha, buni uddalay oldik va yakunda g'alaba qozondik, - dedi mutaxassis.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz