Ro'zimboy Ahmedov "Qaysar" safida ikkita o'yinda 4ta gol urdi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2014, 11:04
Qozog'istonning "Qaysar" klubida ko'rikdan o'tayotgan hamyurtimiz Ro'zimboy Ahmedov jamoa safida o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.
Dastlabki uchrashuvda "Qaysar" 7:0 hisobida zafar quchdi. O'yinda Ro'zimboy 45 daqiqa ichida 3ta gol urdi va 2ta golli pas oshirdi.

Turkiya birinchi divizionida ishtirok etayotgan "Serikspor"ga qarshi bahs 4:0 hisobida yakunlandi. Hamyurtimiz bu safar ham bir taym o'ynadi va bitta gol urdi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia