Roysdan keyin “Borussiya D” asosiy tarkibining yana bir a'zosi safdan chiqdi

Eldor Akmurzayev
9 fev 2020, 20:40
“Borussiya D”ning hujumkor yarim himoyachisi Yulian Brandt “Bayer”ga qarshi (3:4) bahsda jarohatlandi.

“Arilar” rasmiy saytining xabariga ko'ra, Brandt Bundesliganing 22-turi doirasida 14 fevral kuni “Ayntraxt”ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvda qatnasha olmaydi. 

Shuningdek, 23 yoshli futbolchi YCHL 1/8 finalidan o'rin olgan PSJga qarshi ilk bahsda qatnasha olmasligi ham mumkin.

Avvalroq, dortmunliklar sardori Marko Roys jarohati bois 4 haftaga yaqin muddatni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: www.bvb.de