Roys "Bavariya"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin

Aslanov Jasurbek
20 mar 2017, 13:45
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Marko Roys "Bavariya"ga qarshi bo'lib o'tadigan Bundesliganing 28-tur uchrashuvida maydonga tushishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi joriy hafta individual mashg'ulotlarni boshlaydi. Roys "Bayer"ga qarshi Germaniya chempionatining 23-turida bahsni oxirigacha etkaza olmagan edi.

"Bavariya" va "Borussiya" o'rtasidagi o'yin 8 aprel kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Ruhr Nachrichten