"Paxtakor" qiziqqan eronlik hujumchini "Rostov" sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
5 iyul 2023, 13:02
"Rostov" "Santa-Klara" klubi hujumchisi Muhammad Mohebbini sotib olmoqchi.

Jamoalar transfer borasida kelishuvga erishib ulgurgan. Futbolchining rostovliklar bilan shartnomasi 3 yilga mo'ljallangan bo'ladi.

O'tgan mavsum o'yinchi Eronning "Istiqlol" klubida ijarada to'p tepgan. Chempionatning 34 o'yinida u 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma etkazib berdi.

Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, shu yil yozda "Paxtakor" Mohebbiga qiziqqan. Ammo futbolchi yiliga 700 ming AQSH dollari so'ragan va muzokara oxiriga yetmadi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru