Rossiya kubogi. Bugun Denisov jamoasi o'ynaydi, Shomurodov va Hamdamov klubi 1/8 finalda

Narzulla Saydullayev
27 sen 2018, 12:03
Bugun Rossiya kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan oxirgi uchta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Moskvaning SSKA klubi quyi liga vakili "Tyumen" mehmoni bo'ladi. Vitaliy Denisov to'p tepayotgan "Krilya Sovetov" esa Tambovga boradi. Kurskda "Avangard" "Krasnodar"ni qabul qiladi.

Kecha Eldor Shomurodov o'ynayotgan "Rostov" 4:0 hisobida g'alaba qozonganidan va hamyurtimiz gol urganidan xabaringiz bor albatta. Dostonbek Hamdamov faoliyat olib borayotgan "Anji" ham safarda "Chayka" ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi. Hamyurtimiz uchrashuvda to'liq harakat qildi.

"Anji" keyingi bosqchida "Spartak", "Rostov" esa "Zenit" bilan o'ynaydigan bo'ldi.



 1/16 FINAL
 25-26 sentyabr

 BALTIKA (Kaliningrad) - LOKOMOTIV (Moskva) - 2:3
 TORPEDO (Moskva) - DINAMO (Moskva) - 0:1
 NIJNIY NOVGOROD (N.Novgorod) - UFA (Ufa) - 0:0 (pen. 5:3)
 XIMKI (Ximki) - RUBIN (Kazan) - 0:1
 CHAYKA (Peschanokopskoe) - ANJI (Maxachkala) - 1:2
 CHERNOMOREC (Novorossiysk) - SPARTAK (Moskva) - 0:1
 VOLGAR (Astraxan) - ZENIT (S.Peterburg) - 0:4
 LUKI-ENERGIYA (Velikie Luki) - ENISEY (Krasnoyarsk) - 1:2
 SIZRAN-2003 (Sizran) - ROSTOV (Rostov) - 0:4
 SKA-XABAROVSK (Xabarovsk) - AXMAT (Grozniy) - 3:3 (pen. 2:4)
 SAXALIN (Yujno-Saxalinsk) - ARSENAL (Tula) - 1:2
 NEFTEXIMIK (Nijnekamsk) - URAL (Ekaterinburg) - 2:3
 DINAMO (Barnaul) - ORENBURG (Orenburg) - 0:2

 27 sentyabr

 TYUMEN (Tyumen) - SSKA (Moskva)
 TAMBOV (Tambov) - KRILYA SOVETOV (Samara)
 AVANGARD (Kursk) - KRASNODAR (Krasnodar)



1/8 FINAL
LOKOMOTIV (Moskva) - ENISEY (Krasnoyarsk)
DINAMO (Moskva) - RUBIN (Qozon)
ZENIT (S.Peterburg) - ROSTOV (Rostov)
SPARTAK (Moskva) - ANJI (Maxachqala)
URAL (Ekaterinburg) - NIJNIY NOVGOROD (N.Novgorod)
ARSENAL (Tula) - AXMAT (Grozniy)
TYUMEN (Tyumen) / SSKA (Moskva) - ORENBURG (Orenburg)
AVANGARD (Kursk) / KRASNODAR (Krasnodar) - TAMBOV (Tambov) / KRILYA SOVETOV (Samara)

*1/8 finalda mezbon jamoani aniqlash uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia