Rossiya 2020 yilda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha jahon chempionatiga mezbon bo'lmoqchi

Aslanov Jasurbek
29 sen 2015, 14:47
Rossiya 2020 yilda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha jahon chempionatini o'zida o'tkazish uchun tanlovda ishtirok etishi mumkin.

Rossiya Federatsiyasi sport ishlari bo'yicha vaziri Vitaliy Mutko turnirni Rossiyada o'tkazish imkoniyatlarini ko'rib chiqadi. Bunday qaror Mutkoning Rossiya futzal assotsiatsiyasining prezidenti Emil Aliev bilan uchrashuvidan so'ng qabul qilindi.

"Sport ishlari vaziri turnir o'tkazish uchun imkoniyatlarni o'rganib chiqishi kerak va shundan so'ng u yakuniy qarorni e'lon qiladi" - deyiladi futzal assotsiatsiyaning rasmiy saytida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com